Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va marosimlar o‘tkazish markazi, mini futbol maydonchasi hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 1 milliard 400 million so‘m hamda tashabbuskor tomonidan 20 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ushbu zamonaviy majmua ishga tushirilgach, hudud aholisi uchun qulayliklar yanada kengayadi, turli xizmatlardan bir joyning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi.

