Aksiyada faol

Date:

Boysun tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lik uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida tonggi badantarbiya va sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir mahallalardagi nuroniy otaxon va onaxonlar, faollar hamda yoshlar ishtirokida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi hamda “Nuroniylar” jamoatchilik tashkiloti tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan aksiyada ishtirokchilar tomonidan 5000 qadam yurish, turli badantarbiya mashqlarini bajarish, shuningdek, “Mustaqillik” mahallasida tashkil etilgan vorkaut maydonchasida jismoniy mashqlar bajarish kabi sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Mazkur tashabbus aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hashar — hamjihatlik kuchi

El-yurt birlashib qilgan mehnat — eng barakali va samarali...

Beruniy ko‘chasi — zamonaviy qiyofada

Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi Beruniy ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari...

Xavfsizlik yo‘lida…

Bandixon tumanida jamoat xavfsizligini mustahkamlash va ichki ishlar xodimlari...

Tomorqadan baraka

Angor tumanidagi "Sharq guli" mahallasida yashovchi Gavhar Murodova tomorqasidan...
KunTun
KunTun