Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Date:

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli bayram tadbirlari yuqori ruhda tashkil etilmoqda. Tumanning barcha mahallalarida bo‘lgani kabi, “Bag‘rikeng” mahallasida ham Navro‘z umumxalq sayillari milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos tarzda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Mahallaning adirlik hududida tashkil etilgan sayillarda aholi bir yoqadan bosh chiqarib, bayramni keng nishonlamoqda. Milliy taomlar tayyorlanib, kuy-qo‘shiqlar yangramoqda, xalq o‘yinlari hamda sport musobaqalari esa tadbirga alohida fayz bag‘ishlamoqda.

Bu kabi umumxalq sayillari, avvalo, aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bugungi kunda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni ta’minlash, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va e’tiborni kuchaytirishda Navro‘zning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.

Shuningdek, Navro‘z sayillari qadimiy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oldingi sahifaVatanparvarlik — muhim talab
Keyingi sahifaMuhim qaror

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun