Profilaktika — xavfsizlik kafolati

Date:

Surxondaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025-yil davomida “qizil” toifadagi mahallalarda istiqomatqiluvchi 5 205 nafar shaxsning bandligi ta’minlandi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida jami 21 054 marotaba manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik kengashlariga 1 197 nafar imom-xatib va otinoyilar jalb qilindi. Yoshlar bilan 8 244 marotaba vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi hamda 7 786 nafar og‘ir toifadagi yoshlarning kasb-hunar, chet tillari, bandligi, tibbiy va boshqa yordamlar bilan bog‘liq ijtimoiy-maishiy muammolari hal etildi.

O‘tgan yil davomida jami 10 934 ta kameralar va 240 ta “tashvish tugmalari” o‘rnatilib, 16 000 ta obyektlar texnik qo‘riqlovga olindi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning hovlilariga 95 ta hamda ta’lim muassasalarining kirish-chiqish joyi va ochiq sport maydonlariga 1 903 ta “RTZ kameralari”, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 2 250 ta, savdo markazlari va bozorlarga 300 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi maxsus kameralar o‘rnatildi.

O‘rnatilgan kameralarning 3 253 tasi viloyat IIBning tezkor boshqaruv markaziga integratsiya qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha qizil toifadagi mahallalardagi 1 339 ta kameralar “Xavfsiz shahar” markazining “Qalqon” platformasiga integratsiya qilindi. Shuningdek, shahar-tumanlardagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “qizil” toifadagi mahallalarning 1 440 ta ko‘chalarida “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 2 578 ta“namunaviy xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan yil bo‘yicha viloyatdagi mahallalarning 63,5 foizida (459 ta) jinoyat qayd etilmaganligi, 31 foizida (224) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolishiga erishildi. Shuningdek, o‘tgan yilda 415 902 ta xonadonda xatlov o‘tkazilib, 99 507 nafar shaxsga ijtimoiy profilaktika tartibida xulosalar berilib, ularning 75 670 tasi hal etildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilda vohamizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ravishda ishlarni tashkil etamiz.

Alisher Bobomurodov,

Surxondaryo viloyati prokurorining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun