Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik ruhida nishonlanmoqda. Bayram tongida barcha jome’ masjidlarda namozxonlar jam bo‘lib, hayit namozini ado etdilar.

Jumladan, Islomobod jome’ masjidida ham yuzlab yurtdoshlar bir safda turib, yurt tinchligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqi uchun duolar qildilar. Ma’ruzalarda tinchlikni asrash, mehr-oqibatni kuchaytirish va xayr-saxovatni kengaytirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bugungi kunda Ramazon hayiti jamiyatda birdamlikni mustahkamlovchi, insonlarni ezgulikka chorlovchi muhim ma’naviy omil sifatida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bayram munosabati bilan tumanda xayriya tadbirlari va savobli ishlar keng davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun