Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Date:

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Qahramon va Jo‘yjangal mahallalarida tashkil etildi. Unda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi, ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, kuch tuzilmalari vakillari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarga qonunchilik talablariga rioya qilish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga tanqidiy yondashish zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, jamoat tartibi va hudud osoyishtaligini ta’minlashda mahalla, oila va har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun