“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Date:

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda shaxmat o‘yinining roli beqiyosdir. Shu maqsadda Termiz shahridagi Yoshlar markazida viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘g‘il va qiz bola tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tyapti.

Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 30 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etmoqda. Tadbir bolalarni mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va strategik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, bunday musobaqalar yosh avlodni sog‘lom raqobat ruhida tarbiyalash, jamoaviylik va intizom tuyg‘usini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqaning yakuniy natijalari bolalarning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun