Javobgarlik kuchaytirildi

Date:

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Shu munosabat bilan elektr, issiqlik, gaz va vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun javobgarlik kuchaytirildi.

2026 yil 11 mart kuni qabul qilingan O‘RQ–1121-sonli qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi. Endilikda bunday huquqbuzarlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigacha jarima qo‘llaniladi.

Shuningdek, elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadida noqonuniy ulanish uchun BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. Agar bunday harakat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq shaxs BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha jarima, 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur qonun energiya resurslarini asrash, tarmoqlardan noqonuniy foydalanish holatlarini kamaytirish hamda sohada tartib-intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...

Xidirsho kanali ta’mirlanmoqda

Oltinsoy tumanida joylashgan Xidirsho kanalidagi sel tashlama gidrotexnik inshootlarini...
KunTun
KunTun