Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Date:

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi, Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining hududiy bo‘linmsi hamkorligida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari hamda viloyat tashkiloti xodimlari ishtirok etdi. Seminar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni mazmunan chuqur anglash, ularni hududlarda samarali amalga oshirish va davlat hamda hududiy dasturlarga aniq takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Seminar davomida parlament nazoratini kuchaytirish, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, shuningdek, joylarda ochiqlik va hisobdorlikni oshirish masalalari atroflicha tahlil qilindi. Ishtirokchilarga dasturlarni ishlab chiqishda tizimli tahlil asosida yondashish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish va amaliy yechimlar taklif etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, targ‘ibot ishlarini zamonaviy formatda tashkil etish, raqamli platformalardan samarali foydalanish hamda aholi bilan muloqotda tahliliy yondashuvni kuchaytirish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Yakunda Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hududlarda samarali ro‘yobga chiqarish, davlat va hududiy dasturlarga asosli takliflar tayyorlash hamda ekologik tashabbuslarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’kidlanganidek, ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda siyosiy partiyalar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

D.Fayzullayev,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...

Shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida

Surxondaryo viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) viloyat bosqichi...

 “Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

2025-yildan boshlab har yili yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi 14–17 yoshdagi...
KunTun
KunTun