Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Date:

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xurmo ko‘chatlarini tarqatish ishlari boshlandi. Tuman hokimi Xabibulla Bozorov hamda Agrobank mas’ul xodimlari ishtirokida ekish mavsumiga start berildi.

Loyiha doirasida hudud aholisi iqlim sharoitiga mos, serhosil va sifatli xurmo ko‘chatlari bilan ta’minlanmoqda. Tashabbus aholi daromadini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot yetishtirish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ko‘chatlarni to‘g‘ri ekish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Mazkur tashabbus hududda bog‘dorchilikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun