Ramazon — ezgulik va mehr oyi

Date:

Muborak Ramazon oyida insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillarini amalda namoyon etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida manzilli xayr-saxovat tadbirlari tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbuslar doirasida 250 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ommaviy qabul avvalida yurtdoshlarimizni Ramazon oyining ezgulik, bag‘rikenglik va shukronalik ruhida samimiy muborakbod etdi. Qabulda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan yakka yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlariga ham yordamlar bevosita yetkazib berildi.

Mazkur tadbirlar Ramazon oyining bosh g‘oyasi — ezgulik ulashish, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash va mehr-muruvvatni keng yoyishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun