Yangi uy-joylar qad rostlamoqda

Date:

Hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi loyihalar joylarda izchil o‘rganilmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Qumteks” erkin sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi. Korxonada mato to‘qish va bo‘yashning to‘liq texnologik zanjiri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlarning asosiy qismi Germaniya buyurtmasi asosida ishlab chiqarilib, eksportga yo‘naltirilmoqda. Bu esa hududning tashqi savdo salohiyatini mustahkamlash, qo‘shimcha qiymat yaratish va bandlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mutasaddilarga ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shuningdek, “Bog‘aro” mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishildi. Hududda jami 19 ta uy qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda 4 ta 5 qavatli va 1 ta 7 qavatli bino qurilishi jadal davom etmoqda. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, texnik me’yorlarga qat’iy rioya qilish hamda doimiy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ishlar talabga mosmi?

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Bandixon tumanida...

Tayyorgarlik avjida

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida "Navro‘z" umumxalq bayramini yuqori saviyada...

“Eng faol kitobxon o‘quvchi” kim?

Surxondaryo viloyatida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy-intellektual...

Yangi uy-joylar qad rostlamoqda

Hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va yangi...
KunTun
KunTun