Zaruriy choralar koʻrildi

Date:

Muborak Ramazon oyiga tayyorgarlik doirasida Bandixon tumanida joylashgan Said Muhammad jomeʼ masjidida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar tuman hokimligi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, ichki ishlar, milliy gvardiya hamda boshqa xizmatlar hamkorligida tashkil etilib, unda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Tadbir davomida elektr va gaz ta’minoti xizmatlari tomonidan ham ehtimoliy xavflarning oldini olish choralari ko‘rildi. Mashg‘ulot yakunida masjidning yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi holati o‘rganilib, Ramazon oyini osoyishta va betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur mashg‘ulotlar muqaddas oyda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun