Muddatidan oldin ozod qilindi

Date:

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Sud raisi Sh. Hasanov raisligida nazorat ostida bo‘lgan, ozodlikni cheklash hamda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 3 nafar shaxsning murojaati ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida ularning jazo o‘tash davridagi xulq-atvori, tuzalish yo‘liga o‘tgani, sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglab yetgani hamda ijobiy tavsiflari atroflicha o‘rganildi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 73-moddasi asosida 2 nafar ozodlikni cheklash jazosini, 1 nafar esa axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxs muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Mazkur sayyor sud majlisi jazoni ijro etishda insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash, tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish va ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun