Ilm amaliyotga ko‘chsa…

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Termiz tumanidagi o‘quv-tajriba xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar ijrosi o‘rganildi. Ushbu loyihalar doirasida 3 gektar maydonda bodom, ertapishar shaftoli va o‘rik ko‘chatlari ekilib, yangi intensiv bog barpo etildi. Shuningdek, 8 gektar yer maydonida ilmiy-amaliy tajribalar o‘tkazish uchun agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Taqdimotlarda sabzavot va don ekinlari seleksiyasini rivojlantirish, quyosh energiyasiga asoslangan ekologik agrotexnologiyalarni joriy etish, baliq chavoqlarini yetishtirishga mo‘ljallangan inkubatsiya sexi va ko‘chat tayyorlash laboratoriyasini barpo etish bo‘yicha rejalardan ma’lumot berildi.

Loyihalar ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtiradi, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaydi va agrar sohada samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun