Yarmarkaga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyatida xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tadbirkorlar va eksportyorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida Termiz xalqaro savdo markazi hududida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari, shu jumladan, Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya ham qatnashmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur xalqaro yarmarkaning ochilish marosimida ishtirok etdi va yarmarka faoliyatiga omad tilab, O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Uch kun davom etadigan yarmarka doirasida oziq-ovqat mahsulotlari, xo‘jalik mollari, to‘qimachilik, charm sanoati hamda farmatsevtika yo‘nalishidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.

Mazkur yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, savdo aloqalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun