Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Date:

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yil davomida yetishtirish va eksport qilish imkonini bermoqda. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrif buyurib, aholining amaliy tajribasi bilan tanishdi.

“Bahor” mahallasida yashovchi Yusuf Shobirov va Shavkat Pirmatov xonadonlarida qizil va tosh karam, gulkaram, brokkoli, Xitoy karami, lavlagi hamda daykon yetishtirish jarayonlari o‘rganildi. Ushbu mahsulotlar mahalladagi ko‘plab xonadonlarda yil davomida yetishtirilib, xorijiy bozorlarga eksport qilinmoqda.

Viloyat rahbari bu tajribani kengaytirish, aholiga ko‘mak berish va eksport jarayonlarini yanada soddalashtirish muhimligini ta’kidladi. Tashrif davomida meva-sabzavotlarni yig‘ib-terib olish ishlari, shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining faoliyati yuzasidan axborotlar tinglanib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun