Chiqindidan elektr energiyasi

Date:

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga qaratilgan muhim loyiha ishga tushirildi. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “CSET” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanib, Angor tumanida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga start berildi.

Qiymati 150 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu loyiha 2028-yilda to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Korxona yiliga 438 ming tonna qattiq maishiy chiqindini qayta ishlab, 75 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda 150 ta doimiy ish o‘rni yaratadi. Loyiha poligonlar yukini kamaytirish, ekologik holatni yaxshilash, energiya ta’minotini mustahkamlash va viloyatning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun