Endilikda fuqarolar pensiya to`lovlarini bank kartasidan naqd pul shakliga o`tkazishi mumkin. Buning uchun Pensiya jamg`armasi bo`limlariga murojat qilish shart emas. Ushbu xizmatni My.gov.uz yagona interektiv davlat xizmatlari portali orqali, uydan chiqmagan holda onlayn tarzda amalga imkoniyati yaratildi.
Mazkur qulaylik fuqarolarning vaqtini tejashga, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga hamda davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada soddalashtirisha xizmat qiladi. Ha aytgancha, ariza topshirish mutlaqo bepul. My.gov.uz portaliga kiring va pensiya to`lovini naqd pul o`tkazish xizmatini tanlang.
Sadbarg

