Yangi texnikalar taqdimoti o‘tkazildi

Date:

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, paxta terimi jarayonlarida mehnat unumdorligini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida seminar tashkil etildi.

Tadbirda “SWAN” rusumli zamonaviy paxta terish mashinalari, shuningdek, BOSHIRAN-4MZ-4S, FM WORLD 4MZ-4S va John Deere 9970 texnikalarining imkoniyatlari, ish samaradorligi va kunlik terim quvvati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Ishtirokchilar mashinalarning ishlash tartibi va texnik imkoniyatlarini amaliy namoyish orqali ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbir viloyat qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar va fermer xo‘jaliklari vakillari uchun paxta terimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun