Termiz xalqaro savdo markazi yanada kengaytiriladi

Date:

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, chegara hududlarining tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda 20 dan ortiq boshqarma va idora rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda markazga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, savdo va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, tezkor va qulay kirib-chiqish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, Termiz xalqaro savdo markazi imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish hamda turli festivallar va ommaviy tadbirlar orqali savdo-iqtisodiy faollikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Viloyat hokimi belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijalarga erishish muhimligini qayd etib, masalalarni doimiy nazoratga olish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun