266 gektardan ortiq yer qonunbuzilishi aniqlandi

Date:

2025-yilda Surxondaryo viloyatida yer va kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda Respublika aerogeodeziya markazining hududiy bo‘linmalari tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-yanvar holatiga viloyatning umumiy yer maydoni 2 mln 9 ming 911 gektarni tashkil etadi. Shundan 261 ming 573 gektari sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi. Yer fondi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq 8 toifaga bo‘lingan.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan 2025-yil davomida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari natijasida jami 3 142 ta holatda 266,5 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Ushbu holatlarning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi va aholi punktlari yerlariga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rilgan choralar va profilaktik tadbirlar natijasida 2 238 ta holat, ya’ni 189 gektar yer maydonidagi qonunbuzilishlar ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan. Qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 1 482 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, viloyatda 1 049 ta holatda 7 ming 505 gektar yer maydonidan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanib, ko‘rilgan choralar natijasida 7 ming 458 gektar yer maydoni qaytarilgan.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi qurilmalarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida o‘tgan yilda 102 ta mahallada xatlov ishlari olib borilib, 74 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari o‘rganildi. Natijada 3 480 ta obyekt bo‘yicha mulk huquqlari e’tirof etildi.

Ko‘chmas mulkka oid davlat xizmatlari doirasida 2025-yilda 59 mingdan ortiq kadastr pasporti bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 29 mingdan ziyodi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 54 mingdan ortiq obyektlar ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida viloyat hududidan 7 417 ta bo‘sh yer uchastkasi “YERELEKTRON” tizimiga kiritilib, ularning 2 082 tasi elektron auksion savdolariga chiqarildi.

Matbuot anjumanida yer munosabatlarini qonuniy asosda tartibga solish, yer resurslaridan samarali foydalanish va aholiga qulay kadastr xizmatlarini ko‘rsatish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun