Xavfsizlik ko‘nikmalari mustahkamlandi

Date:

Boysun tumanidagi 6‑son maktabda tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida o‘quvchilar bir qator amaliy bellashuvlarda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Ishtirokchilar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha mashqlarni bajardi, jamoada ishlash va tezkorlik qobiliyatlari baholandi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, inson hayotini asrash va favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Yakunda faol ishtirok etgan o‘quvchilar va g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun