Ehtiyotsizlik qilmang!

Date:

Xonadonlarda va qayta ta’mirlanayotgan hamda yangi qurilayotgan turar joy binolarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. Yong‘in sodir bo‘lmasligi uchun yosh bolalarni uyda yolg‘iz qoldirmang, ularga isitish moslamalaridan foydalanishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Gaz va elektr asboblarini ishlatish qoidalariga qat’iy rioya qiling, nostandart elektr moslamalaridan foydalanmang. Ochiq olovdan ehtiyotkorlik bilan foydalaning, ko‘p yong‘inlar olovdan ehtiyotsizlik natijasida sodir bo‘lishini unutmang.
Uydan chiqishdan oldin gaz va elektr uskunalarini (plita, dazmol, televizor va boshqalar) o‘chirilganligini tekshirib chiqing. Nostandart va qo‘lbola saqlagichlar (predoxranitel)dan hamda vaqtincha o‘tkazilgan elektr simlaridan foydalanmang.
Ishlab turgan gaz va elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang! Yong‘in chiqqanda “101” va
favqulodda hodisa sodir bo‘lganda “1050” qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni
yodda tuting!

Sardor XOLTOJIYEV,
Termiz tuman FVB favqulodda vaziyatlar profilaktikasi inspektori,
katta leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun