Amaliy ishlar baholandi

Date:

Surxondaryo viloyatida Prezident qarori bilan tasdiqlangan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda viloyatning 3 ta tumanida Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman, 35 ta mahallasida esa Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla konsepsiyalari joriy etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanidagi “Takiya” va “Kunchiqish” mahallalarida bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli rejalar taqdim etildi.

“Kunchiqish” mahallasida avvalgi tashriflar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan gul ko‘chatlari yetishtirish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

O‘rganishlar yakunida viloyat hokimi sifatli va muddatida bajariladigan vazifalar, infratuzilma obyektlarini tezda yakunlash, obodonlashtirish ishlarida aholi ishtirokini kengaytirish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Tashrifda shahar va tuman hokimlari hamda tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur tadbir hududlarni rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash borasida dastur ijrosining ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat baraka keltirar

Angor tumanining “Markaz” mahallasida yashovchi Norqul Toshboyev tomorqasidan unumli...

Amaliy ishlar baholandi

Surxondaryo viloyatida Prezident qarori bilan tasdiqlangan “Taraqqiyot va yetakchilik...

KELAJAKNI BIRGALIKDA BELGILAYMIZ!

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi va davlat dasturida ustuvor maqsad va vazifalar...

Ko‘chatlari talabgir

Angorlik Rahmon Boymatov 20 yildan buyon ko‘chatchilik sohasida faoliyat...
KunTun
KunTun