Tutingan oila xizmati joriy etiladi

Date:

2026-yil 1-fevraldan boshlab zo‘ravonlik oqibatida oilasidan ajratilgan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid mavjud hamda ijtimoiy xavfli ahvolda qolgan bolalarni himoyalashga qaratilgan professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tizim bolalarni davlat muassasalariga joylashtirmasdan, ularni vaqtinchalik xavfsiz va sog‘lom oila muhitida parvarishlashni nazarda tutadi. Professional tutingan oilalar bolaning huquqlarini himoya qilish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi.

Mazkur mexanizm zo‘ravonlikka uchragan yoki oilasida qolishi xavfli bo‘lgan bolalar uchun muvaqqat himoya chorasi sifatida xizmat qilib, ularning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tashabbus bolalarni muassasalarga joylashtirish holatlarini kamaytirib, ularning oila muhiti bag‘rida ulg‘ayishiga imkon yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun