Elektr tarmoqlari yangilanmoqda

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanining “Oqtepa” mahallasida aholi farovonligini oshirish, elektr ta’minoti tizimini yanada barqaror va ishonchli qilish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalla hududiga 136 dona zamonaviy elektr ustunlari olib kelinib, belgilangan joylarga o‘rnatildi.

Ushbu ishlar elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud yuklamani kamaytirish, nosozlik va uzilishlarning oldini olish hamda aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Natijada, mahalla infratuzilmasi mustahkamlanib, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.

Olib borilayotgan mazkur ishlar “Oqtepa” mahallasi aholisi tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Fuqarolar elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun mutasaddi tashkilotlar va mas’ullarga o‘z minnatdorliklarini bildirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun