Yoshlar bandligi muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanida videokonferensaloqa shaklida hududiy studiyalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Tadbirda hududlar rahbarlari va mas’ullarning har bir yosh bilan individual ishlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hamda sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mas’ullarga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va chora-tadbirlar aniq belgilab berildi, manzilli ishlash tizimi doirasida yoshlar bilan samarali ish olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yoshlar bandligi va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha hududiy mas’ullik tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun