Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Date:

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish va ishga joylashishda muhim yengilliklar joriy etilmoqda. Endilikda ular oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun foizsiz ta’lim krediti olish huquqiga ega bo‘ladi, shuningdek, xorijiy til va fanlardan sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

Agar harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlar OTMlarga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsa, ularga foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarga harbiy qismning o‘zida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish imkoniyati yaratiladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan askarlar harbiy xizmat yakunlangach, bevosita o‘qishni boshlaydi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirishda harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarga Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test natijalariga 10 foizlik imtiyoz beriladi. Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarga esa kasb egallash va sertifikat olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Mazkur chora-tadbirlar yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim olishi va kelgusida munosib ish bilan ta’minlanishiga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun