“Taqdirimiz yorug‘, ertamiz nurli”

Date:

Egnida harbiylik libosini kiygancha, safda mag‘rur ketayotgan o‘g‘lonlarni ko‘rgan borki, havas ila boqadi. Sportda g‘olib atletning davlat bayrog‘i sarbaland ko‘tarilib, madhiyasi yangraganda-chi, yurak allanechuk faxr-u iftixorga to‘lajak. Bu qanday hiski, yoqimli, farahbaxsh va ezgu maqsadlarga boshlovchi qudratga ega. Ha, bu Vatanga bo‘lgan, tug‘ilib o‘sgan maskanga bo‘lgan muhabbat hissi, vatanparvarlik tuyg‘usi. Qalblarimizda ana shunday tuyg‘ular tug‘yon urar ekan, biz eng to‘g‘ri yo‘ldamiz. Davlatimiz, xalqimiz taqdiri yorug‘, ertasi nurli, kelajagi porloq…
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan harbiy qism va kuch tuzilmalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali saf yurishini kuzatgan, ularga qo‘shilgan yosh borki, ko‘ngillarini yuqorida aytganimiz kabi hislar egallagani yuz-ko‘zlarida zohir bo‘ldi. Bayram tadbiri davomida jangovar hamda maxsus tayyorgarlik chiqishlari namoyish etilib, shaxsiy tarkibning yuksak jismoniy va kasbiy salohiyati yaqqol ko‘z-ko‘z bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirga jalb etilgan yoshlarning ishtiroki vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularda milliy armiyamizga bo‘lgan faxr va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
Mazkur tadbirda viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Amir Temur siymosi gavdalantirilib, teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun