Bir shahar quraylikki…

Date:

Bugun Surxondaryoning qay nuqtasiga bormaylik, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bir zamonlar katta-kichik biror imorat qurilgudek bo‘lsa, yo yashil bog‘ ustiga, yo serhosil yerni nobud qilish hisobiga amalga oshirilardi.Ammo bugun qarashlar o‘zgardi, amaldagi sa’y-harakatlarimiz esa ayni qarashlarga xos va mos. Biz tiriklikni payhon qilishga emas, ona sayyoramizni yashillikka burkashga bel bog‘laganmiz. Qanday shaharsozlik loyihalarini amalga oshirmaylik, har bir harakatimizning mevasi o‘laroq qad rostlayotgan osmono‘par binolarimiz atrofi bog‘-u bo‘stonga, gulzorga, yashillikka burkanishi maqsad qilingan.
Vohamizda joriy yilda ham hududlarning shaharsozlik qiyofasini zamonaviylashtirish, aholini barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan qulay va sifatli turar joylar bilan ta’minlash maqsadida qator yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur dasturlar doirasida Termiz tumanining “Navro‘z” mahallasi hududida turar joylar, ikkita maktab va boshqa ijtimoiy soha obyektlari, savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, akvapark va mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan “Termiz eko shahar” loyihasi qurilishiga start berildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, loyiha doirasida barpo etiladigan turar joy va boshqa binolarning joylashuvi, shuningdek, birinchi bosqichda qurilishi rejalashtirilgan obyektlar taqdimoti bilan tanishdi. Shu bilan birga, mas’ullar va qurilish tashkilotlari rahbarlariga tasdiqlangan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Loyihaning birinchi bosqichida 26 gektar maydonda 4 mingdan ortiq turar joylar, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz tumanidagi Sharof Rashidov hamda “Quyoshli yurt” mahallalarida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishib, infratuzilmani yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun