Ro‘yxatga olish — yangi imkoniyatlar poydevori

Date:

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joylarda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Jarqo‘rg‘on tumani hokimligida mazkur muhim jarayonga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimligi mutasaddilari, statistika organlari vakillari, mahalla faollari hamda sohada mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ahamiyati, uni o‘tkazish tartibi, xalqaro tajriba va qonunchilik asoslari batafsil tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, ro‘yxatga olish natijalari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini rejalashtirish, aholi ehtiyojlarini aniqlash hamda davlat dasturlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jarayonda raqamli texnologiyalardan foydalanish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Bunday tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun