Kutubxona maxsus adabiyotlar bilan boyidi

Date:

Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi kutubxonasi zamonaviy va dolzarb maxsus fan adabiyotlari hamda o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Xususan, kompyuter grafikasi va dizayni, elektromontajchi hamda qurilish ishlari ishchisi yo‘nalishlariga oid yangi darsliklar va qo‘llanmalar kutubxona fondidan o‘rin oldi.

Mazkur adabiyotlar ta’lim jarayonining sifatini oshirish, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Yangi kelgan kitoblarni targ‘ib etish maqsadida texnikum kutubxonachisi tomonidan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida kitobxonlik targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yangi darsliklarning mazmuni, amaliy ahamiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ushbu tashabbus ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun