“Ikkinchi miya” davri boshlandimi?

Date:

CES 2026 xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasida SwitchBot kompaniyasi inson xotirasi va kundalik fikrlarini boshqarishda yangi bosqichni boshlab beruvchi MindClip nomli mini-diktofonni ommaga taqdim etdi. Mutaxassislar ushbu qurilmani ochiqchasiga “ikkinchi miya” deb atamoqda.

U oddiy ovoz yozish qurilmasi emas. Qurilma suhbatlarni yozib olib, sun’iy intellekt yordamida ularni tahlil qiladi, muhim jihatlarni ajratib, tizimlashtirilgan qaydlar ko‘rinishiga keltiradi. Natijada foydalanuvchi qo‘lda yozib o‘tirishga yoki eslab qolishga hojat sezmaydi.

Qurilmaning imkoniyatlari juda keng. U suhbatlar asosida xulosalar chiqarish, avtomatik eslatmalar yaratish, muhim “xotiralar”ni saqlab borish, fikr va g‘oyalarni hech qanday qo‘shimcha harakatsiz tartibga soladi.

Atigi 18 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan MindClip ixchamligi bilan ham e’tiborni tortadi. Eng e’tiborli jihatlaridan yana biri — u 100 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa qurilmani nafaqat biznes uchrashuvlarida, balki ta’lim, ijod va kundalik hayotda ham universal yordamchiga aylantiradi.

Texnologiya mutaxassislarining fikricha, MindClip inson xotirasiga tushadigan yukni kamaytirib, ma’lumotlarni boshqarish va tezkor qaror qabul qilish jarayonlarini yanada soddalashtirishi mumkin. Shu bois ushbu qurilma “ikkinchi miya” nomiga munosib innovatsiya sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Olis hududlardagi maktablar uchun onlayn darslar

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 19-dekabrdagi...

Parrandachilik sohasida yangi loyiha

Oltinsoy tumanidagi Bibizaynab mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish,...

Tayyorgarligi baholandi

Sportning gandbol turi bo‘yicha U-14 yosh toifasidagi o‘smirlar va...

IMKONIYAT VA MAS’ULIYAT

Boysun tuman 2-son texnikumida raqamli texnologiyalar yo‘nalishida informatika fani...
KunTun
KunTun