Texnologik buzilishlar tekshiriladi

Date:

Hukumatning 2025-yil 31-dekabrdagi 850-son qarori bilan “Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjat elektr energetikasi tizimida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash, tekshirish va hisobga olishning aniq mexanizmlarini belgilab berdi.

Nizomga ko‘ra, elektr qurilmalarida ekspluatatsiya, rejali ta’mirlash, profilaktika va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanishlar, uskunalarning ishdan chiqishi hamda iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning rejalashtirilmagan to‘xtatilishi majburiy ravishda tekshiriladi va hisobga olinadi. Texnologik buzilishlar oqibatiga qarab avariya hamda I va II darajadagi ishdan chiqishlarga ajratiladi.

Barcha texnologik buzilishlar aniqlangan zahoti tekshirila boshlanadi va 10 kun ichida yakunlanishi shart. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘z tizimlarida sodir bo‘lgan barcha holatlar uchun mas’ul hisoblanadi. Ushbu tartib energetika tizimining barqarorligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun