Jarima joriy etilishi mumkin

Date:

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasiga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 204-2-modda — “Suv obyektlarida xavfsizlik qoidalarini buzish” bilan to‘ldirilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha, ya’ni 412 ming so‘mdan 2 million 60 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin.

Mazkur taklif suvda xavfsizlikni ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan. Qonun loyihasi muhokamasi 9-yanvargacha davom etadi va fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun