Mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi

Date:

Yangi yil ezgu tashabbus bilan boshlandi.  Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan ana shunday tadbirlar amalga oshirildi. Tuman hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarga mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.

Mazkur tadbir davomida tumandagi 119 nafar ehtiyojmand oilaga subsidiya asosida 19 turdagi jami 5 500 dona mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi. Ushbu ko‘chatlar nafaqat tomorqalardan samarali foydalanish, balki oilalarning daromad manbaini oshirishga ham xizmat qiladi.

Tashabbus aholining bandligini ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar sonini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, “Yashil makon” dasturining amaliy natijalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu kabi loyihalar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...
KunTun
KunTun