Suddan sudning farqi bor…

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasida sudga taalluqli ishlar bo‘yicha fikr bildirilgan bo‘lib, unga ko‘ra ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga tegishli ishlar mustasno.
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga asosan sud tomonidan quyidagi ishlar hal etiladi:
1) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
3) Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
4) Notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) Ushbu Kodeksning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) Ushbu Kodeksning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
8) Ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim.

A.Shapiyev,
Surxondaryo viloyat ma’muriy sudi sudya
katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

To‘lagan soliqlarimiz qayerga sarflanyapti?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Openbudget.uz portalida yangi modul ishga tushirildi....

8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan...

“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga...

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan...
KunTun
KunTun