Kamchilik bor, muammo bisyor

Date:

Surxondaryo viloyat prokuraturasi tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96 sonli va “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122 sonli qarorlari hamda sohaga oid boshqa qonunchilik ijrosini xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratilishi va maqsadli sarflanishi ahvolini sohadagi tizimli kamchilik va muammolarni tahlil qilgan holda o‘rganildi.O‘rganishlar, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga kredit mablag‘lari ajratish, soliq imtiyozlari qo‘llash borasida bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH SOHASIDA
— xotin-qizlar tomonidan tadbir-korlikni boshlash uchun tijorat banklariga kelib tushgan 580 ta murojaatning 110 tasi yoki 19 foizi muddati buzilgan holda ko‘rib chiqilganligi;
— hududda istiqomat qilayotgan 32 826 nafar ishsiz xotin-qizlarning atigi 2 572 nafari yoki 7,8 foizi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, xolos;
— 320 nafar tadbirkor tomonidan tikuvchilik va hunarmandchilik yo‘nalishida ishlab chiqarilgan
4,5 milliard so‘mlik mahsulotlarini sotishga ko‘maklashilmagan;
— faoliyatini to‘xtatgan 285 nafar tadbirkorning hisobi yuritilmagan va ularning faoliyatini tiklash choralari ko‘rilmagan. Ularning 175 nafari savdo, 67 nafari xizmat ko‘rsatish, 32 nafari qishloq xo‘jaligi, 7 nafari ishlab chiqarish va 2 nafari qurilish sohasiga to‘g‘ri keladi.
— soliq organlari tomonidan 17 nafar ayol tadbirkorga 260 million so‘m soliq imtiyozlari asossiz ravishda qo‘llanilmaganligi aniqlangan.
Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq muammolar
— mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan 32 826 nafar ishsiz ayolning 30 254 nafarini tadbirkorlikka jalb etish choralari ko‘rilmagan;
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–209-son Farmonining 4-ilovasida har bir mahalladagi xotin-qizlar faoli har oyda kamida 5 nafar xotin-qizni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilishi lozim.
— 7 ta ta’minotchi korxona tomonidan 20 nafar ayol tadbirkorga ajratilgan 1,8 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirish yoki firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan;
— hokim yordamchilari tomonidan o‘z tavsiyasi asosida 575 nafar xotin-qizga ajratilgan kredit mablag‘larini maqsadli sarflanishi monitoring qilib borilmagan. Oqibatda, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 18,1 milliard so‘m kredit mablag‘lari qaytarilmagan va muammoli kreditga aylangan;
— huquqiy savodi va bilimi yetishmaganligi natijasida 11 nafar ayol tadbirkor tomonidan jinoyatlar sodir etilgan va byudjetga 4,8 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Shundan 5 tasi o‘zlashtirish, 3 tasi savdo qoidalarini buzish va 3 tasi kommunal sohadagi o‘g‘rilik jinoyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Misol uchun, “Imperiya demis” xususiy korxonasi rahbari M.D. 357,2 mil-lion so‘mlik soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida:
— bank filiallariga 48 nafar xotin-qizlardan kredit ajratish haqida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi;
— 24 nafar xotin-qizlarga biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2,3 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi;
— 17 nafar ayol tadbirkorga 260 million so‘m soliq imtiyozlari qo‘llanilishi;
— faoliyatini to‘xtatgan 235 nafar xotin-qiz tadbirkorning faoliyati tiklanib, 250 ta ish o‘rinlari yaratilishi;
— noqonuniy faoliyat yuritayotgan 120 nafar ayol tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi.
Nazorat tadbirlari davomida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 27 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan joylarga 16 ta taqdimnomalar kiritildi hamda xotin-qizlar huquqlari buzilganligi holatlari bo‘yicha 7 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Valijon Mamadaliyev,
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi
Tashqi savdo, investitsiyalar va
tadbirkorlik sohalarida qonunchilik
ijrosi ustidan nazorat
boshqarmasi prokurori

Baxtiyor Tojiyev,
Surxondaryo viloyati prokuraturasi
bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

To‘lagan soliqlarimiz qayerga sarflanyapti?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Openbudget.uz portalida yangi modul ishga tushirildi....

8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan...

“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga...

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan...
KunTun
KunTun