Davlat xizmatlarida ishonch va shaffoflik

Date:

Bugungi kunda davlat xizmatlari sohasida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan 2025-yil davomida keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, hisobot davrida viloyat boshqarmalari hamda ularning barcha tuman (shahar) bo‘limlari va filiallarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar va xodimlar o‘rtasida 95 marotaba targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, 220 nafardan ortiq xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar tashkil etilib, ularning huquqiy ongi va mas’uliyati oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-son Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yilga mo‘ljallangan reja-grafik asosida viloyat hududidagi mahallalarda xatlov jarayonlari o‘rganildi. Ushbu jarayonlarda kadastr muhandislari tomonidan xonadon egalari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, xatlovning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar — Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura va sud organlari vakillari ishtirokida 6 marotaba seminar-tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilib, jamoatchilikka yetkazildi. Amalga oshirilgan ishlar doirasida 76 marotaba OAV orqali huquqiy targ‘ibot, shuningdek, 6 marotaba mahalliy televideniye va 18 marotaba veb-saytlar hamda elektron platformalar orqali materiallar e’lon qilindi.

Kadastr tizimi xodimlarining bilim-saviyasini oshirish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvi, yer munosabatlari va huquqlarni e’tirof etishga oid qonun hujjatlari shaxsiy tarkibga to‘liq yetkazildi. Natijada, 26 nafar rahbar va xodim Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining masofaviy o‘quv kurslarida tahsil olib, sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, tizimdagi korrupsiyaga moyil lavozimlar chuqur tahlil qilinib, har bir lavozim bo‘yicha korrupsion xavf-xatarlar baholandi va maxsus xavf-xatarlar moduli ishlab chiqildi. Kadrlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va adolatlilikni ta’minlash maqsadida 100 nafar nomzod o‘rganilib, ularning 57 nafari ishga qabul qilindi.

Shu bilan birga, tizimda intizomni ta’minlash borasida ham qat’iy choralar ko‘rildi. Xususan, korrupsiyaviy va boshqa qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha 10 marotaba xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, natijada 1 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 2 nafar xodim intizomiy jazoga tortildi va 6 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tizimida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatlarida shaffoflikni ta’minlash hamda aholiga qulay va halol xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘.Xamrayev,

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati          

 boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish

bo‘yicha bosh mutaxasisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

To‘lagan soliqlarimiz qayerga sarflanyapti?

2026-yil 1-yanvardan boshlab Openbudget.uz portalida yangi modul ishga tushirildi....

8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan...

“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga...

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan...
KunTun
KunTun