Ekologiya va hayot

Date:

Olamdagi har bir tirik jon, tirik organizmlar  hayotining  tashqi muhit bilan bog‘liqligi qadimdan ma’lum, albatta. Antik davrni o‘zidayoq ko‘plab faylasuflar o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va boshqa tirik jonzotlar yashashi, hayot tarzi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog‘liqligi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tganlar. Insonlar  tabiat bilan uyg‘un holda yashagani tufayli, tabiatni o‘rganish ularni tabiiy ehtiyojiga aylangan. Bu ehtiyoj tufayli insonlar atrof muhit, o‘simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni sirli tomonlarini o‘rgana boshlagan. Inson ongi, mantiqiy fikr yuritish qobiliyati va tafakkuri rivojlangani sari, tabiatdagi hayotning mohiyatini anglab yetish imkoniyati yuzaga kela boshladi.

“Ekologiya’’ atamasini fanga kiritishga bo‘lgan ilk qadam nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan qo‘yildi. E.Gekkel bu haqida shunday fikrlar aytib o‘tgan: “Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko‘payishi, yashashi, populatsiyasi va jamolarning tarkibi hamda o‘zgarishlarini yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganadi”.

Hozirgi kunga kelib kimdan so‘ramang, birinchi bo‘lib xayoliga kelgan narsa bu ekologik muammolardir. Buning sababi insoniyatni tabiatga aralashuvi meyoridan oshib ketganligidadir. Agarda kislorod miqdori oshib ketsa, yer sirtidagi harorat maksimal darajaga ko‘tariladi, sodda qilib aytganda, yer mikroto‘lqinli pechga aylanadi, odamlar esa uning ichida qovurilayotgan bodiroqlarga. Bu esa yakun — odamzod uchun intiho. Bu bir misol bunday misollardan ko‘plab keltirish mumkin.  Ekologiya muammosi hozirgi kunda global muammoga aylanib ulgurganligiga ko‘p bo‘ldi. Global isish, Antarktida muzlarini erishi buning oqibatida suv toshqinlarini ko‘payishi, azon qatlamini yemirilishi, ko‘plab yong‘inlar, ichimlik suv zaxirasini tugab borishi va hokazo… bu shunchaki uchdan biri xolos. Bu muammolar insoniyatga tobora ko‘proq xavf sola boshladi. Buning yechimlarini esa hali-hamon kutmoqdamiz.

Nigora Turopova,

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun