Aliment emas, yarashuv

Date:

Kirib kelayotgan yangi yilda bir oilaning quvonchi butun bo’ladigan bo’ldi. Norasida qorako’zlar katta xursandchilik bilan ota-onasi yonida bo’lishadi. Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati muddatidan oldin tamomlandi.

Tumanning “Mehnat-rohat” mahallasida yashovchi Sobirovlar oilasidagi kelishmovchiliklar ajrim darajasigacha yetib borgan edi. Davlat ijrochisi Sevara Yo‘ldashevaning sa’y-harakati bilan 10 yil avval oila qurgan yosh oila vakillari o‘zaro yarashtirildi. Quvonarlisi, endilikda uch nafar voyaga yetmagan farzand ota-onasi bag‘rida, sog‘lom oilaviy muhitda tarbiya topadigan bo‘ldi.

Yarashuv munosabati bilan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati tamomlanib, aliment to‘lovchiga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun