Xizmat sifati baholanadi

Date:

Yangi qarorga muvofiq, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha zamonaviy tizim joriy etilmoqda. Endilikda fuqarolar o‘zlari foydalangan davlat xizmati sifatiga mustaqil ravishda baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytiradi.

Baholash jarayonida xizmat ko‘rsatish sifati, uning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda xizmatdan foydalanish qulayligi asosiy mezonlar sifatida belgilangan. Davlat xizmatidan foydalangan fuqaro maxsus QR-kodni skaner qilish orqali 1 dan 5 gacha baho qo‘yishi, shuningdek, o‘z fikr va mulohazalarini qoldirishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur yangilik fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirib, davlat xizmatlari sifatini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladi. Aholining baho va fikrlari orqali mavjud muammolar aniqlanib, xizmat ko‘rsatish jarayonlari yanada samarali, tezkor va qulay shaklga keltiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun