“Dolzarb 70 kunlik”ka start berildi.

Date:

Surxondaryo viloyatida qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan viloyatda navbatdagi muhim yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Surxondaryo viloyati hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda videokonferensaloqa orqali shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazildi. Yig‘inda maxsus texnikalar namoyishi ham tashkil etildi.

Viloyat rahbari hududlar va tarmoqlar kesimida qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish hamda uzilishlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 70 kunlik” profilaktik chora-tadbirlariga rasman start berildi.

Yig‘in yakunida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa inshootlarni yong‘in hamda is gazi xavfidan himoya qilish, xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun