Sherozdagi sanoat salohiyati bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Fors viloyatiga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Sheroz shahridagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga hududning sanoat imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlari va eksport yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, elektr uzatish uskunalari, bo‘yoq mahsulotlari, yopishqoq materiallar, lazer texnologiyalari hamda kompozit quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyati o‘rganildi.

Uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma sanoat va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun