Ilg‘or sanoat tajribasi o‘rganilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan bir guruh mahalliy tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasida joylashgan yetakchi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda. Safar davomida ular zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion yondashuvlarni o‘rganib, ushbu tajribani Termiz tumanida barpo etilayotgan “Texno Park” loyihasiga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Xususan, tadbirkorlar plastik va yog‘ochga ishlov berish uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Qingdao Xindacheng Plastic Machinery Co., Ltd.”, “Qingdao Zhongsu Plastic Machinery Manufacturing Co., Ltd.” hamda “Qingdao SOSN Machinery Co., Ltd.” kompaniyalarida bo‘lib, ishlab chiqarish liniyalari va energiya tejamkor uskunalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashrif sanoat sohasida xalqaro tajribani o‘zlashtirish, innovatsiyalarni hududimizga joriy etish va “Texno Park” loyihasini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun