Bayramga taraddud

Date:

Bandixon tumani markazida bayramona bezatilgan Yangi yil archasi yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘rnatilayotgani ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda archa aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida bezatilib, to‘liq tayyor holga keltirilmoqda.

Ko‘rik jarayonida tuman hokimi A. Allamuradov, viloyat IIB JXX JTSB PPXB komandiri podpolkovnik U. Nurullayev, tuman IIB boshlig‘i J. To‘rayev, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Xusanov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Unda archaning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmasligi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, tuman IIB, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, elektr va gaz tarmoqlari tashkilotlari bayram kunlari davomida yuqori shaylikda xizmat olib borishi hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun