Sanoatda yangi bosqich

Date:

Surxondaryo viloyati va Eronning Fors viloyati o‘rtasidagi aloqalar izchil ravishda mustahkamlanmoqda. 7-8-noyabr kunlari imzolangan hamkorlik memorandumi asosida Surxondaryo delegatsiyasi Shiraz shahrida o‘tayotgan janubiy Eronning eng yirik sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Tashrif davomida delegatsiya Fors viloyatining sanoat salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari va innovatsion texnologiyalari bilan tanishdi. Tomonlar qo‘shma korxonalar tashkil etish, sanoat mahsulotlari ayirboshlashni kengaytirish, investitsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda Yevrosiyo bozorlariga chiqish masalalarini muhokama qildi.

Fors viloyati rahbariyati tashrifni mintaqaviy iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholab, o‘zbekistonlik investorlarning jalb qilinishi kelajakdagi hamkorlik uchun keng imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

O‘zbekiston, Iroq va Armaniston delegatsiyalarining ishtiroki bilan o‘tayotgan mazkur ko‘rgazma xalqaro sanoat hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Afg‘on shamoli”ning ta’siri kamayadi

Surxondaryo viloyatida ekologik muvozanatni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan...

 “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi kengaytirilmoqda

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab mahallalar...

Mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi

Yangi yil ezgu tashabbus bilan boshlandi.  Bandixon tumanida aholi...

Husniya tantanali kutib olindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi yoshlar...
KunTun
KunTun