Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

Date:

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va irrigatsiya tizimining samaradorligini oshirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muzrabot tumanida ham ushbu yo‘nalishda izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda ishchi guruh tuzilib, barcha hududlarda ariqlar va kanallarni betonlash jarayonlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida suvning isrof bo‘lishi keskin kamaymoqda, ekin maydonlariga suv yetkazib berish sifati yaxshilanmoqda va hosildorlikning oshishi uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Muzrabot tuman Fermerlar kengashi tashabbusi bilan tumanning “Navbahor” hududi, “Murodbek Agro servis” fermer xo‘jaligida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda agronomlar, fermerlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi.

Ushbu keng qamrovli tashabbuslar tuman qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilib, kelajak hosiliga mustahkam asos bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun