Naslli qo‘ylar ko‘paytiriladi

Date:

Muzrabot tumaniga tashrif chog‘ida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Mo‘g‘uliston bilan erishilgan kelishuvlar asosida olib kelinayotgan 850 bosh naslli qo‘ylarni ko‘paytirish loyihasi bilan tanishdi. Loyiha tashabbuskorlariga naslli qo‘ylarni mahalliy iqlimga moslashtirish, ilmiy asosda ko‘paytirish va chorvachilikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Oriyat” mahallasidagi “Bless S.R” qo‘shma korxonasining 200 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona va agrologistika majmuasi faoliyati o‘rganildi. Bu yerda mahsulot yetishtirish, qadoqlash, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv yakunida mutasaddilarga korxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi tomorqalarida eksportbop ekinlar yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun